Poytaxtimizdagi “International Hotel” mehmonxonasida “Qonun ustuvorligi va barcha uchun adolatni ta’minlash sari yo‘l” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
USAIDning Huquqiy islohotlar dasturi doirasida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, USAID, davlat idoralari, akademik hamjamiyat, nodavlat-notijorat tashkilotlari, OAV vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Huquqiy islohotlar dasturi doirasida erishilgan natijalar, uning O‘zbekiston huquq tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi, shu jumladan, asosiy yutuqlar, hamkorliklar va olingan saboqlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov ham qatnashib, Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyati haqida taqdimot qildi.