Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, professor Sardorbek Yusupov Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar I xalqaro huquq kongressida ishtirok etib, ma’ruza qildi.
Shuningdek, nufuzli anjuman doirasida S.Yusupov Turkiyaning Yeditepe universiteti dekani, professor Yener Unver bilan uchrashib, ikki oliya ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun: Yeditepe universiteti Turkiyadagi eng katta universitetlardan biri bo‘lib, QS Barqarorlik Reytingida 1501+ o‘rinda qayd etilgan.