Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Jinoyat sud ishlarini yuritishda dalillardan foydalanishning dolzarb muammolari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Jinoyat sud ishlarini yuritishda dalillardan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Finlyandiyaning Xelsinki Universiteti (University of Helsinki) bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro anjumanda mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Konferensiyada jinoyat ishi yuritishda dalillarni to‘plash bilan yuzaga keladigan muammolar, elektron dalillarni yig‘ish va ularni baholash, dalillarga qo‘yilgan talablar va isbot qilishda vujudga kelayotgan muammolar tahlil qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar