Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Ikki kunlik mashg‘ulotlarda respublika, viloyat va tuman (shahar) yosh targ‘ibotchilar guruhlari, Yoshlar parlamenti, Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda 12 ta hududiy va 208 tuman/shahar studiyalaridan 1000 nafar yigit-qiz ZOOM platformasi orqali qatnashdi.
Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.