Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: O‘zbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis deputatlari va senatorlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari, vazirlik va idoralar, tahliliy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xorijiy ekspertlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda yangilangan Konstitutsiya sharoitida parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, ularning faoliyatiga oid zamonaviy yondashuvlar, qonunchilik faoliyati, parlament nazorati, vakillik va ijro hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli masalalari muhokama qilindi. Bu borada xorijiy davlatlarning tajribasi haqida ma’lumot berilib, ekspertlarning takliflari tinglandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar