Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi rahbari, professor Otabek Narziyev “Yoshstan: yoshlar yo‘nalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish” nomli loyiha doirasida Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi.
“Yuksalish” umummilliy harakati xalqaro tashkiloti va uning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi, “Hamroh” nodavlat notijorat tashkiloti hamda “Umumiy manfaatlarni izlash” xalqaro notijorat Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tashrif doirasida “Yuridik klinikalarda operatsion barqarorlik, talaba va o‘qituvchilarni yuridik klinika faoliyatiga integratsiya qilish, operatsion rejalashtirish va resurslar boshqaruvi” mavzusida uch kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur treningda “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” grant loyihasi a'zosi Otabek Narziyev Farg‘ona davlat universiteti qoshida tashkil etilishi rejalashtirilgan Yuridik klinika maqsadli guruhlari uchun yuridik klinika faoliyatini tashkil etish, talaba va professor o‘qituvchilarning fuqarolarni qabul qilishdagi roli, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish va aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan ma’ruza qildi.