Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik klinikalar volontyor talabalari uchun navbatdagi yozgi maktab oʻtkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi maktab “Oilaviy va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Yozgi maktab mashg‘ulotlarida “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oltita oliy ta’lim muassasasi (TDYU, JIDU, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik klinikasi, Termiz davlat universiteti yuridik klinikasi, Namangan davlat universiteti yuridik klinikasi, Andijon davlat universiteti yuridik klinikasi)dan jami 26 nafar talabalar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlarda yuridik klinikada turli toifadagi fuqarolarning (yoshlar, ayollar, tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan shaxslar, qariyalar, nogironlar) murojaatlari bilan ishlash hamda talabalarning jismoniy shaxslarga bepul huquqiy yordam berish ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalar orasida tizimli muloqot uchun imkoniyatni shakllantirish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, xususan oilaviy (maishiy) va gender asosidagi zo‘ravonlik jabrlanuvchilariga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, kamsitish va boshqa noqonuniy munosabatga uchragan ayollarni qabul qilish va ularga bepul huquqiy maslahatlar berish borasida talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, murojaatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Treninglarda talabalar fuqarolarni qabul qilish, ularning murojaatlarini tahlil qilish hamda ularga bepul huquqiy maslahatlar berish va yuridik hujjat loyihalarini tayyorlash bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar