Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent shahridagi maktablarda “Huquq sinfi” tashkil etiladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonida maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab — litsey — texnikum — universitet” tizimini joriy etish vazifasi belgilangan.

Farmonda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Dildora Bazarova va kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, ta’lim muassasalarida “Huquq sinfi”ni tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar va tashkiliy masalalar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktablari mutasaddilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ta’lim muassasalarida “Huquq sinfi”ni tashkil etishda Toshkent davlat yuridik universiteti yaqindan ko‘mak berishi ma’lum qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar