Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda professor Alisher Azizxo‘jayev nomidagi o‘quv xonasi tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy huquq fanining dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tashabbusi bilan yuridik fanlari doktori, professor Alisher Azizxo‘jayevning xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan xalqaro konferensiyada TDYU, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti, Hindistonning “Christ Universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Xalqaro anjuman avvalida professor Alisher Azizxo‘jayevning yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari va oila a’zolari so‘z olib, ustoz-yuristning hayot yo‘li, ilmiy salohiyati, faoliyati va shaxsiy fazilatlari haqida iliq xotiralarni yodga olishdi. Shuningdek, professor Alisher Azizxo‘jayevning xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi.

Konferensiya doirasida Alisher Azizxo‘jayev nomidagi o‘quv xonasining ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Mazkur xonada anjuman ishtirokchilari A.Azizxo‘jayevning hayot yo‘li va faoliyati aks etgan suratlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng xalqaro konferensiyaning ilmiy qismi boshlandi. Unda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchi-olimlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti professori Kris Tornxill, Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti professori, y.f.d. Yevgeniy Sultanov, Hindistonning Krist universiteti dosenti Prabxreet Singx kabi xorijiy mutaxassislarning konstitutsiyaviy huquqning dolzarb ilmiy muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

Xalqaro konferensiya doirasida sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar