Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘qituvchining sha’ni va qadr-qimmati davlat himoyasida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi tomonidan shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Jamg’armaning ma’ruzalar zalida o‘tkazilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nasiba Niyazova, Gulnora Gulyamova, TDYU magistrlari Jamshid Mamajanov, Asadbek Zairov ma’ruza qildilar.

Tadbirda Toshkent shahrida joylashgan 6 ta oliy ta’lim muassasalarining 35 yoshgacha bo‘lgan 200 ga yaqin professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, tadqiqotchilari, doktorantlari va magistrlari ishtirok etdi.

Shuningdek, hududlardagi 13 ta oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ma’ruzalarni ZOOM platformasi orqali kuzatib bordilar.

Hodisalar

Barcha e'lonlar