“Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli va xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan talabalarining amaliyotini mamlakatimizning xorijdagi muassasalarida tashkil etish belgilangan.
Shunga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakultetining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, o‘qishi, ijodkorligi va ilmiy faoliyati bilan tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan hamda chet tilini bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xorijiy sertifikatga ega bo‘lgan quyidagi 5 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi:
1. Sabina Almatova — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida;
2. Asilabonu Aminova — O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasida;
3. Oyshabonu Inoyatova — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida;
4. O‘tkirbek Rivojiddinov — O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasida;
5. Go‘zal Husenova — O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida.
Amaliyot universitet tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan dasturga muvofiq tashkil etiladi hamda bir o‘quv yilida bir marta kamida 10 kun va 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
Talabalarimizni mazkur muvaffaqiyat bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Umid qilamizki, ularning ushbu yutuqlari tengdoshlarining a’lo o‘qishga va chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan intilishini oshirishga xizmat qiladi.