Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA (REGISTRATOR OFISI) BANDILK (KARERA) BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA QISQACHA MA’LUMOT

 

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 26-martdagi 47-um-son buyrugʻi bilan 2021-yil 5-maydagi “Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini yangi tahrirda tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 155-um-son buyrugʻiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, Universitetning O‘quv-uslubiy boshqarma (registrator ofisi) tarkibida Bandlik (karyera) boʻlimi tashkil etildi.

Bandilk (karera) bo‘limi 2 nafar shtat birligidan iborat bo‘lib, bugungi kunda 3 nafar (shundan 1 nafari ayol) xodim mehnat faoliyatini olib boradi.

Boʻlim universitetning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, universitetdagi talabalarning amaliyot va stajirovkasi, bitiruvchilarning bandligi va ularning monitoringi hamda bitiruvchi talabalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish bilan bogʼliq ishlarga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

 

TALABALAR TO‘G’RISIDA MA’LUMOT

 

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida jami 5 667 nafar talabalar tahsil olmoqda. Ularning 4 820 nafari kontrakt va 847 nafari budjetda, talabalaning  1 442 nafari (25%) qizlarni tashkil qiladi.  4 913 nafar talaba bakalavriat kunduzgi shaklida, 363 nafari sirtqi shaklida, 252 nafari magistraturaning kunduzgi shaklida, 139 nafar talaba qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qimoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetida 300 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar tahsil oladi. Shundan 67 nafari Temir , Yoshlar va Ayollar daftari ro‘yxatida turadi. Mehribonlik uylarida tahsil olgan talabalar soni 19 nafar, nogironligi bo‘lgan talabalar soni 51 nafar, chin yetim talabalar soni 
18 nafarni tashkil etadi.

 

TALABALAR BANDLIGINI TA’MINLASH TO’G’RISIDA

Toshkеnt davlat yuridik univеrsitеtida jami 3 866 nafar talabalar tahsil olmoqda. Univеrsitеt talabalarining 2 000 ga yaqini darsdan bo‘sh vaqtida ishlash istagini bildirgan.

Bugungi kunda esa (mart-avgust holatida) univеrsitеtning jami 383 nafar (12,7%) talabasi, Jinoiy odil sudlov fakultetida 81 nafari, Ommaviy huquq fakultetida 41 nafari, Xususiy huquq fakultetida 38 nafari, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida 73 nafari talabalar mehnat shartnomalari va fuqarolik shartnomalari asosida davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, 34 nafar univеrsitеt talabalari mеhnat shartnomalari asosida bеvosita univеrsitеtda mеhnat faoliyatini amalga oshirib kеlmoqda.

 

AMALIYOT KLUBLARI TO‘G‘RISIDA


         1. “Adliya” talabalar klubi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirining 2018 yil 28 martdagi buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Adliya vazirining 2021-yil 
30-noyabrdagi “Adliya organlari va muassasalarida tanishtiruv, bitiruv malakaviy amaliyot oʼtash va ish oʼrganishni takomillashtirish haqida”gi 319 um-son buyrug’ida 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy amaliyot o’tashi nazarda tutilgan. Ushbu klubda univеrsitеtning 55 nafar 2-4 kurs talabalari a’zo sifatida qabul qilingan. Ular vazirlikning kadrlar boshqarmasi tomonidan boshqarma va bo‘limlarga taqsimlangan.

         2.“Bo‘lajak prokurorlar” klubi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkеnt davlat yuridik univеrsitеti o‘rtasida 2017-yil 20-aprelda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida  tashkil etilgan. Ushbu klubga univеrsitеtning301nafar 
2-4 kurs talabalari a’zo sifatida prokuratura organlarida ish o‘rganib kеlmoqdalar.

         3. “Bo‘lajak advokatlar” klubi: Toshkеnt davlat yuridik univеrsitеti o‘rtasida 2017-yil 25-noyabrda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida to‘g‘risidagi memorandumga ko’ra tashkil etilgan. Mazkur klubga univеrsitеtning  50 nafar 2-4 kurs talabalari a’zo bo‘lgan.

         4. “Bo‘lajak notariuslar” klubi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Notarial palatasi va Toshkеnt davlat yuridik univеrsitеti o‘rtasida 2020-yil 7-sentyabrda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga ko’ra tashkil etilgan. Ushbu klubga univеrsitеtning 62 nafar  talabalari a’zo sifatida notariuslarda ish o‘rganib kеlmoqdalar.

         5. “Ombudsman klubi”  2021-yil 11- iyunda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkеnt davlat yuridik univеrsitеti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida  memorandumga ko’ra tashkil etilgan. Ushbu  klubga univеrsitеtning  20 nafar 2-4 kurs talabalari a’zo bo‘lgan.

         6. “Yosh diplomatlar klubi” Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi. 300 ga yaqin talabalar mazkur klubga a’zo bo’lish istagini bildirdi.

 

“TDYU KARYERA” TELEGRAM KANALIDA TO‘G‘RISIDA

 

Talabalarni ish bilan ta’minlash yuzasidan ish beruvchi tashkilotlar bilan muloqotlar va marketing olib borilmoqda. Respublika hududidagi oliy ma’lumotli yuristlar va turdosh lavozimlarga bo‘lgan 475 ta bo‘sh ish o‘rinlari haqida 255 ta e’lonlar Markazning “TDYU KARYERA” telegram kanalida joylandi.

 

AMALIYOTI VA ISH BILAN TA’MINLANISH BO‘YICHA HAMKORLIK ALOQALAR TO‘G’RISIDA

 

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning amaliyot oʻtashi va kelgusida ish bilan taʻminlanishini bevosita amalga oshirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida 30 dan ortiq tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan.

Xususan, Universitetning potensial ish beruvchilari hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi va Notarial palatalari bilan hamkorlik oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, Universitet talabalarining amaliyoti va ish bilan ta’minlanishini yanada kengroq amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, yirik tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va shartnomalarni imzolash rejalashtirilgan.

 

ISH BERUVCHILAR BILAN HAMKORLIKDA, VAKANSIYA VA AMALIYOT YARMARKALARI, TALABALAR UCHUN MUNTAZAM BIZNES UCHRASHUVLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

 

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda, vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun muntazam biznes uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, 25-mart kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi vakillari bilan boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda 200 nafarga yaqin talabalar ishtirok etib, talabalarga mavjud 100 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari, ichki ishlar tizimida xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ichki ishlar tizimiga ishga qabul qilish tartibi, nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar haqida maʻlumot berilib, tergov tizimida ishlash istagi boʻlgan bitiruvchi kurs talabalarining obyektivka-maʻlumotnomalari IIBB kadrlar boshqarmasiga taqdim etildi.

30-mart kuni tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 19 ta tashkilot va korxonalar oliy va o‘rta maxsus ma’lumot talab etadigan 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu mehnat yarmarkasida talabalar tashkilot ish beruvchilaridan o‘qishdan bo‘sh vaqtda haq evaziga ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat shart-sharoitlari, kafolatlari haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yarmarkada ishtirok etgan 700 dan ziyod talabadan 100 nafarga yaqini mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha murojaatlarni ish beruvchi tashkilotlarga taqdim etdi.

31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 15 ta tijorat banklari ishtirokida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida tashkilotlar 70 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi. Ushbu yarmarkada bank tizimida ishlash istagidagi             400 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Banklar tomonidan talabalarning bank tizimida ishlashga oid 410 ta murojaatlari (batafsil ma’lumot ilovada) qabul qilindi.

19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida karyera kuni tashkil etildi.

Tadbirda talabalar Savdo-sanoat palatasi tizimida ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat shart-sharoitlari, kafolatlari haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu boʻsh ish oʻrinlari va amaliyot yarmarkalari doimiy ravishda har haftada oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

12-may kuni Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida vazirlik tizimiga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga olish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Ma’naviyat – ma’rifiy va kadrlar bilan ishlash departamenti vakillari tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari, vazirlikning  vazifa va funksiyalari, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumot berildi.

16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati va kadrlar boshqarmasi vakillari bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda prokuratura organlari tizimidagi boʻsh ish oʻrinlari, nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi,  xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida toʻliq ma’lumot berildi.

Shunungdek, ushbu uchrashuvda prokuratura tizimida ishlash istagidagi barcha bitiruvchi kurs (bakalavriat, magistratura) talabalari ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishdi.

Uchrashuvda prokuratura tizimiga kirish istagidagi bitiruvchilarning roʻyxati shakllantirilib, Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasiga taqdim etildi.

20-may kuni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi vakillari ishtirokida tizimida ishlash istagidagi bitiruvchilar talablar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda boshqarma rahbariyati, kadrlari bevosita ishtirok etib, ishga olish masalasi hamda vazifa va funksiyalari, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

27-may kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi va TDYU Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda boshqarma tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, ularning vazifa va funksiyalari, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumot berildi.

         14-iyun kuni universitetning bitiruvchi bosqich talabalari uchun oflayn va onlayn rejimda talabalarni sud tizimiga ishga qabul qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda sud tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar, sud tizimida xodimlarga yaratilgan sharoitlar va ularning axloq-odob qoidalari, ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumot berildi.

22,23,26,27-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan “Yosh diplomatlar” klubiga a’zolik uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda 147 ta talabalar ishtirok etdi hamda amaliyot qilishga tanlab olingan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga tizimida ishlash, mehnat shart-sharoitlari, kafolatlari haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 https://forms.gle/5LKZ9esSsZVrF4pm8    talabalar ishga joylashishi uchun quyidagi CV ma'lumotlarini to'ldirib, ish beruvchiga taqdim etadi