--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
O'xshash sahifalar

Uzoq Bozorovich Bozorov

U.B.Bozorov O‘zbekiston Respublikasidagi milliy huquq sohasini, xususan tabiiy resurslar huquqini rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan yetuk huquqshunos-olim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist. 

1974-yilda “Право землепользования совхозов” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Moskva shahrida Davlat va huquq institutining aspirantura bo‘limida tahsil olib, himoya qilgan.

U Ekologiya huquqi kafedradagi faoliyatini 1975-yildan kafedra dotsent lavozimidan boshlagan. 1976-1986-yillarda kunduzgi va kechki fakultetlarda dekan muovini lavozimida ishlagan. 1986-1995 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan. U.B.Bozorov kafedrada rahbarlik qilgan yillarda kafedra MDH davlatlarining qator mamlakatlaridagi yuridik oliygohlar bilan o‘zaro xamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan. Institutning o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarida faol qatnashib, davlat standartlari, o‘quv dastrularini tayyorlashda ishtirok etgan. 

1995-1999-yilgacha Toshkent davlat yuridik institutining Davlat qurilish va boshqaruvi fakultetida dekan lavozimida faoliyat yuritan. 1999-2000-yillarda Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazi Direktori vazifasini bajargan. 2000-yildan ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi sifatida ham faoliyat yuritib kelgan. O‘z faoliyati davomida ommaviy axborot vositalarida yuzga yaqin ilmiy ishlari e’lon qilingan, bir nechta ilmiy ishlari chet elda chop etilgan, xususan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik qonunchiligi” (1995), “O‘zbekistonda biologik xilmaxilliki saqlash (milliy dastur)” (1998) kabi monografiyalar shular qatoridandir. 

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va bir qator boshqa qonun xujjatlarini loyihasini ishlab chiqishda davlat komissiyasida ishtirok etgan.  

U.B.Bozorov doimiy ravishda halqaro anjumanlarda faol ishtirok etib keladi, xususan BMTning atrof muhitni muhofaza qilish va siyosatning huquqiy masalalari bo‘yicha  tanlovi ishtirokchisi va g‘olibi (Keniya, Nayrobi, 1995), “Konstitutsiya – davlatning demokratik rivojlanishining asosi” (Qozog‘iston, Astana, 2010) mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etib, “Qonunchilik faoliyatini demokratlashtirishda O‘zbekiston Ekologik harakatining roli va o‘rni” mavzusida chiqish qilgan, “Konstitutsiyaviy demokratik davlat” (Indoneziya, Djakarta, 2011) mavzusidagi xalqaro simpoziumdagi ishtirok etib “O‘zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi va davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish” mavzusida chiqish qilgan.      

U.B.Bozorov Xalqaro yuristlar ittifoqi a’zosi hisoblanadi.

Qabul bo'yicha murojaat boti