Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Talabalar turar joylari

TTJ universitetga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va xorijdan kelib taxsil olayotgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash va darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishni maqsad qilgan.

Ayni paytda TDYU talabalar turar joyining 2 ta binosi mavjud bo‘lib, ularda 503 nafar talabaning yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Har bir blokda xorijiy talabalar uchun 12 tadan joy ajratilgan.

Shuningdek, TTJda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun 5 ta muhim tashabbus xonalari ham tashkil etilgan.

Ayni paytda TTJda 496 nafar talaba (163 nafar qiz, 2 nafar xorijiy talaba) istiqomat qilmoqda.

TTJda barcha xonalar qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko‘rpa-to‘shak, jildlar) bilan ta’minlangan. Bino hududida muntazam ravishda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. 

Jumladan, hududda dekorativ daraxtlar, bir yillik va ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekilgan, daraxt va yo‘laklar oqlangan. Barcha jihozlar soz holatda, sanitariya xolati yaxshi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinmoqda.

O‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi tibbiyot hamda tarbiyachilar xonalari “Talabalar turar joyi”ning birinchi qavatida joylashgan. Har bir qavatda oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi mavjud. Qavatlar zamonaviy televizorlar bilan ta’minlangan. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti xonasi ham kerakli barcha jihozlar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, har bir qavatda “Qavat sardorlari” mavjud.

Talabalar turar joyiga oid barcha buyruq va tadbirlar rejalari, shuningdek, talabalar turar joyi hayotiga doir yangiliklar me’yoriy hujjatlar va e’lonlar oynasiga joylab boriladi.

TTJlarda istiqomat qiluvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruv tizimini tashkil etish maqsadida faol va jamoatchi talabalardan iborat “Talabalar Kengashi” faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Kengash yig‘ilishlarida talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, talabalarning ichki tartib-intizomga rioya etishi, navbatchilik, TTJda o‘tkaziladigan turli bayramlarga tayyorgarlik kabi masalalar muhokama qilinadi.

Universitet talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va murabbiylar jalb etilgan.

TTJda muntazam ravishda universitet rahbariyati, talabalar turar joyi ma’muriyati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda universitet kafedralari tomonidan talabalarning xohish-istaklaridan kelib chiqib turli ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, TTJda universitet talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, talabalar istak va takliflaridan kelib chiqqan holda til to‘garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, badiiy havaskorlik kabi to‘garaklar tashkil etilgan.

Talabalar turar joyi uchun to‘lovni amalga oshirish, Toshkent davlat yuridik universiteti kengashining 2020-yil 29-dekabrdagi 3-son yig‘ilish bayonnomasida ko‘rib chiqilib, xar bir talaba uchun oylik to‘lov 2020/2021-o‘quv yili uchun bazaviy hisoblashning 75% miqdoridan kelib chiqib belgilangan. Ya’ni, 2021-yil fevral oyigacha oylik to‘lov miqdori 167250 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yil fevral oyidan boshlab 183750 so‘mni tashkil qiladi.

Bizning xodimlarimiz:

Shayzakov Nurmuhammad Tozabekovich

TTJ mudiri – kompleks rahbari, 2-darajali yurist

n.shayzakov@tsul.uz


Usmonov Olimjon Baxtiyorovich 

TTJ mudiri, 3-darajali yurist


Hakimova Gulnoza Yigitaliyevna

TTJ tarbiyachi-pedagogi


Bizning manzil:

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi 192-uy, 76-, 90-, 131-, 88-, 10- avtobuslarning va 100-, 131-, 20-yo‘nalishli taksilarning “Chimboy” bekati.

https://goo.gl/maps/sJipEqK5g5bsQ9BJ8

Murojaat uchun telefon: 246-34-96, 246-23-36