Bitiruvchilarning
bandligini monitoring qilish natijalari
Toshkent davlat yuridik universitetida bitiruvchilarning bandlik holatini
muntazam monitoring qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bitiruvchilarning ishga
joylashishi, mehnat faoliyati va bandlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tegishli elektron tizimlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari orqali
shakllantirib borilmoqda.
2023/2024-o‘quv yilida
universitetni jami 1 657 nafar
bitiruvchi tamomlagan bo‘lib, monitoring natijalariga ko‘ra 1 623 nafar bitiruvchining bandligi
ta’minlangan, bu 98 foizni
tashkil etgan.
2024/2025-o‘quv yilida universitetni 1
727 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lib, monitoring natijalariga ko‘ra 1 616 nafari ish bilan ta’minlangan, 108 nafari ish bilan ta’minlanmagan.
Natijada bitiruvchilarning bandlik darajasi 93,57 foizni tashkil etgan.
2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari bo‘yicha monitoring ishlari davom
ettirilib, 2 146 nafar bitiruvchining 1
539 nafari ish bilan ta’minlangani, 607 nafari esa ish bilan ta’minlanmagani aniqlangan. Mazkur
ko‘rsatkich bo‘yicha bandlik darajasi 72
foizni tashkil etgan.