Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari

Xorijiy OTMlar, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, hamkorlikda o‘tkazilgan ilmiy konferensiya, simpozium, seminar-treninglar, ularni o‘tkazishdan maqsad hamda erishilgan natijalar:

2020-yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida jami 23 ta delegatsiya rasmiy tashrifi davomida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shu bilan bir qatorda, 4-6-fevral kunlari Qozog‘iston, Afg‘oniston, RFdan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xalqaro sudyalar ishtirokida F.Djessap nomidagi xalqaro tanlovning milliy raundi o‘tkazildi.

Shuningdek, 2020-yil davomida xorijiy hamkorlar ishtirokida jami 14 ta xalqaro qo‘shma tadbirlari o‘tkazildi.

7-fevral — AQSh elchixonasi ko‘ngillisi Shennon Roax ishtirokida “Ingliz tilida hikoya yozish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi mahorat darsi o‘tkazildi.

27-fevral — BMT vakillari ishtirokida “Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va inson huquqlarini o‘qitishning mintaqaviy markazini tashkil etish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

28-fevral — Jahon odil sudlovi va M.Auezov nomidagi Janubiy Kozog‘iston davlat universiteti vakillari ishtirokida “Huquq ustuvorligi: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

29-fevral — BMT vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lganining 28 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zoligining 28 yilligi va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

4-mart — YNODK vakili Kun Markvering ishtirokida “Jinoyat protsessida advokat: yangi yondashuvlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

11-mart — Qozog‘iston KIMeP universiteti vakili ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

11-noyabr — Polotsk davlat universiteti (Belarus) va Pskov davlat universiteti (RF) bilan birgalikda TDYU Davlat boshqaruv nazariyasi kafedrasi “Mahalliy davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

16-noyabr — Qirg‘iziston yuridik klinika assotsiatsiyasi, PROON va Ombudsmen KR bilan birgalikda TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi tomonidan “Oliy yuridik ta’limni rivojlantirish va inson huquqlarini himoya qilishda yuridik klinikalarning xalqaro hamkorligining o‘rni” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

5-dekabr — Nagoya universiteti (Yaponiya) va TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda Konstitutsionalizmni mustahkamlash masalalari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

15-dekabr — Ural davlat yuridik universiteti (RF), Kaspiy universiteti (Qozog‘iston) va TDYUning “Fuqarolik huquqi” kafedrasi tomonidan “COVID-19 holatida biznes huquqi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

17-dekabr — Gdansk universiteti (Polsha) va Suleyman Demirel universiteti (Turkiya) bilan birgalikda TDYU “Biznes huquqi” kafedrasi tomonidan “Polsha va O‘zbekistonda huquqning rivojlanishi yangi tendensiyalari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

22-dekabr — F.Skorna nomidagi Gomel davlat universiteti va Uzoq Sharq davlat universiteti bilan birgalikda TDYU “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi tomonidan “Huquq tizimini rivojlantirish innovatsion paradigmasi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

22-dekabr — Rossiya zamonaviy arbitraj instituti va TDYU mediatsiya markazi vakillari ishtirokida “Virtual arbitraj - xalqaro arbitrajda raqamlashtirishning amaliy masalalari” mavzusida konferensiyasi o‘tkazildi.

23-dekabr — Qirg‘iz-uzbek universiteti va TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi tomonidan “Sud tizimini isloh qilish: O‘zbekiston va Qirg‘izistonning xalqaro tajribasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.