Yuridik litsey bitiruvchilarini o`qishga qabul qilishda suhbat o`tkazish tartibi va baholash mezonlari
Yakka tartibdagi suhbat har yili 10 – 20-iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat TDYUdagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan belgilanib, uning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi.
Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.
Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.
Bunda:
Suhbat natijalari TDYU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida e’lon qilinadi.
Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.
TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.