Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Barqarorlik uchun talabalar jamiyati

Toshkent davlat yuridik universitetida barqarorlik uchun talabalardan iborat Talabalar assotsatsiyasi tashkil qilingan. Ushbu talabalar jamiyati “Street Law” volontyor talabalar uyushmasi bilan birgalikda  Yashil makon umummilliy loyihasida faol ishtirok etish bo'yicha yashil chorlov aksiyalarini e'lon qilib boradi.

TDYUda “BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)” mavzusida seminar tashkil etildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan “Street Law” klubi a’zolari uchun BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Mashg‘ulotda BMTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi axborot ofisi rahbari Anvar Meliboyev ishtirok etib, klub a’zolariga BMT faoliyati, Barqaror rivojlanish maqsadlarining mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda mazkur maqsadlarni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, “Street Law” loyihasi volontyorlari barqaror rivojlanishni inson huquqlari nuqtayi nazaridan targ‘ib qilish usullari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

https://t.me/TDYU_Manaviyat/3374

https://t.me/TDYUyoshlari/4027

https://t.me/TDYU_Manaviyat/4203