Xabaringiz bor, 18-20-sentabr kunlari iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilgan suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari 21-sentabr 08:00 dan 22-sentabr 08:00 ga qadar admission@tsul.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatlari Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 22-sentabr 10:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rib chiqiladi.
Abituriyent apellyatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.