Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Hujjatlar ro`yxati va topshirish muddati

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 25-iyundan 5-iyulgacha qabul qilinadi.

TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet orqali taqdim etiladi.

Abituriyentlar TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.

Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga diplom va ilovasi elektron shaklda ilova qilinadi.

Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak.

Arizani unga hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.

Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda, abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.