Toshkent davlat yuridik universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2020 yildagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida universitetga ISO 37001:2016 – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartiga mos kelishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur vazifani bajarish borasida universitetning barcha tarkibiy bo‘linmalar hamkorligida samarali ishlar amalga oshirilib, 2024-yilning fevral-mart oylarida sertifikatlashtirish organi tomonidan o‘tkazilgan ikki bosqichli audit natijasiga ko‘ra respublika oliy ta’lim muassasalaridan birinchi bo‘lib universitet ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standarti talablariga muvofiq deb topildi.
2. Universitetda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni ta’minlovchi mexanizmlar aks etgan hujjatlar ishlab chiqildi:
3. Dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilar darajasi (korrupsion holatlarga moyillligi, ochiq darslarni tashkil etgan holda komissiya xulosalari, talabalar so‘rovnomalar natijalari) tahlil qilindi.
4. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonlari to‘liq elektronlashirishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) platformasini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’ektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhiti yaratildi:
5. Talabalar ongida halollik, adolat va mas’uliyat qadriyatlarini shakllantirish, universitetda ochiqlik va halollik siyosatini ilgari surish, korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarga mos ijtimoiy muhitni yaratish maqsadida universitetda “Aksilkorruptsiya klubi” tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida klub a’zolari tomonidan talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan qator ma’rifiy, ta’limiy va jamoatchilik tadbirlari tashkil etildi. Mazkur davrda jami 300 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab olgan 10 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.
6. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan universitetda xodim, talaba, nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat doimiy asosda faoliyat yurituvchi jamoatchilik guruhi, ya’ni monitoring guruhi tuzilgan bo‘lib, ushbu guruh bilan doimiy ravishda monitoring ishlarini olib borilmoqda.
7. Universitetga ishga qabul qilinayotgan, rotatsiya qilinayotgan, lavozimi ko‘tarilayotgan har bir xodim bo‘yicha kompleks tekshirish amaliyoti joriy qilingan bo‘lib, doimiy ravishda tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda, shu bilan birga xodimlar bilan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
8. Korrupsiya faktlari haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha qayta aloqa tizimini yaratildi. Bunda:
9. Imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratiamalga oshirish mexanizmlari joriy etildi. Jumladan, 2025/2026 o‘quv yili kuzgi va yozgi semestr yakuniy nazoratlar o‘tkazilishi shaffofligini, ushbu jarayon ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarining yakuniy nazoratlar jarayonini kuzatishi tashkil qilindi.
10. Talabalar va xodimlar huquqlariga taaluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va mas’ul shaxslari o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda ko‘maklashovchi TDYU ombudsmani instituti (universitet ombudsmani ofisi) joriy etildi.
11. Qabul jarayonlarida talabalarning to‘lov-kontrakt shartnomalarini olishda turli suiste’molchiliklar, tanish-bilishchiliklar, g‘araz niyatda bo‘lgan fuqarolarga aldanib qolish holatlarini oldini olish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “hemis.uz” platformasi orqali talabalar to‘lov kontraktini elektron tarzda rasmiylashtiriladi. Ushbu platforma orqali tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida to‘lov shartnomalarni rasmiylashtirish uchun mobil telefon orqali onlayn ariza qoldirish hamda kontraktni rasmiylashtirish mumkin. Shu bilan birga, “hemis.uz” platformasi orqali talabalar o‘z shaxsiy hisob raqamidan tegishli ma’lumotlar olish imoniyatiga ega (to‘lovlar tarixi, qoldiq, qarz).
12. Universitetga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlar ochiq va adolatli o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratish maqsadida ishga qabul qilish jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar va jahon internet tarmoqlari orqali tanlov jarayoni (onlayn) translyatsiyasi amalga oshirilmoqda. Mazkur tanlovlar Adliya vazirligi, nodavlat-notijorat tashkilotlar, yoshlar ittifoqi vakillari, universitetning tajribali professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya tomonidan o‘tkazilmoqda.
13. Universitetning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan jami 895 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab olgan 10 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, shuningdek, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan 20 dan ortiq profilaktik suhbatlar hamda 13 marotaba monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
14. Korrupsiya - kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar qalbida joy oladigan tizim yaratish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida universitetning 5098 nafar talabalari, shu bilan birga, 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar va xodimlari “Virtual akademiya”si elektron platformasi orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv kursida o‘qitildi.
15. Xodimlar moddiy ta’minotining yaxshilanganligi ham korrupsion holatlarni oldini oladi. Boshqa oliy ta’lim muassasalaridan farqli tarzda TDYUda oylik ish haqiga (300 foizgacha miqdorda) maxsus ustama haqlar joriy qilingan. Bundan tashqari ular adliya organi xodimi sifatida toifa darajalari uchun hamda xizmat yillari uchun haq olishadi.