Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Yuridik texnikum bitiruvchilarini о‘qishga qabul qilishda suhbat о‘tkazish tartibi va baholash mezonlari 

Yakka tartibdagi suhbat 10–25-avgust kunlari suhbat komissiyasi tomonidan о‘tkaziladi. 

Abituriyentlar uchun yakka tartibdagi suhbatni baholash mezonlari 

T/r

Yakka suhbat mezonlari

Maksimal ball

1.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunishni (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi)

25

2.

Ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish kо‘rsatish, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)

25

3.

Shaxsiy-kasbiy xususiyatlarni (о‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek о‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)

25

4.

Yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy kо‘nikmalarning mavjudligi (professional ta’limi darajasida yurisprudensiya sohasida о‘z fikrini bayon qilish va tahlil qilish kо‘nikmalarining mavjudligi)

25

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi. Har bir mezon bo‘yicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi. 

Imtihon komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar rо‘yxati hududlar bо‘yicha, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan о‘rinlar soniga mos ravishda kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi. Bunda bir hudud uchun ajratilgan о‘rinlarni boshqa hududlardagi abituriyentlar hisobidan tо‘ldirishga yо‘l qо‘yilmaydi. 

Abituriyentlarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi: 

jadval bо‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qо‘yiladi); 

yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 70 foizi va undan kam ball tо‘planganda.