Hujjatlar rо‘yxati va topshirish muddati
Hududiy adliya organi boshlig‘i buyrug‘i bilan yо‘llanma olgan yuridik texnikum bitiruvchilarining о‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari TDYU qabul komissiyasi tomonidan 5–25-iyul kunlari qabul qilinadi.
TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali taqdim etiladi.
Abituriyentlar real vaqt rejimida TDYU rektori nomiga о‘qishga qabul qilish haqidagi arizani tо‘ldiradi.
Qabul qilish tо‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
abituriyent pasporti;
diplom va ilovasi;
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Arizani hujjatlar «PDF» (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natishga yо‘l qо‘yiladi.