Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
                    

2025/2026-oʻquv yili uchun qoʻshma taʼlim dasturlari magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha
MAʼLUMOT

Ikki diplomli dastur nima

Qo‘shma ta’lim (ikki diplomli) dasturi — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi.

Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olish afzalliklar:

– TDYU va xorijiy hamkor OTMlardan birida bir vaqtning oʻzida ta’lim olish;

– Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom;

– oʻqishga kirish va xalqaro darajada ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat.

Bu muhim: TDYUning ikki diplomli dasturlari haqida axborotni tezkor tarzda olish uchun maxsus Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/DDprograms.

 

TDYU qaysi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki diplomli dasturlarni magistratura bosqichida amalga oshirmoqda

TDYU xorijiy OTMlar bilan quyidagi ikki diplomli bakalavriat dasturlariga talabalarni oʻqishga qabul qiladi:

1. Gdansk universiteti (Polsha, Gdansk sh.) bilan:

– 2 yillik kunduzgi (Tabiiy resurslar huquqi o‘quv yo‘nalishi) – 30 ta oʻrin;

– 2 yillik kunduzgi (Moliyaviy huquqiy monitoring o‘quv yo‘nalishi) – 30 ta oʻrin.

2. Milliy sud ekspertiza universiteti (Hindiston) bilan:

– 1 yillik kunduzgi (Kiber huquqi o‘quv yo‘nalishi) – 30 ta oʻrin;

 

Barcha ikki diplomli dasturlar boʻyicha taʻlim tili – ingliz tili.

Qoʻshma taʻlim dasturiga oʻqishga kirish uchun 
qanday hujjatlar topshiriladi:

Dasturga kirish uchun abituriyent https://dd.tsul.uz/ saytida 30.08.2025 yil soat 24:00ga qadar roʻyxatdan oʻtishi shart.

Yuklanadigan hujjatlar:

1. Pasport yoki ID-karta;

2. Ta’lim toʻgʻrisida hujjat:

Bakalavr diplomi ilovasi.

3. Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi haqida sertifikat.

 

Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 1 yillik toʻlov-kontrakt miqdori qanday

Ikki diplomli dasturlar boʻyicha taʻlim olish faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Toʻlov-kontrakt miqdori xorijiy hamkor universitetlardagi oʻqish narxidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilangan:

1. Gdansk universiteti (Polsha, Gdansk sh.) bilan dastur boʻyicha – taxminan 3 600 yevro (ekvivalentda);

2. Milliy sud ekspertiza universiteti (Hindiston) bilan dastur boʻyicha – taxminan 3 000 AQSh dollari (ekvivalentda);

Toʻlov semestr va chorak boʻyicha amalga oshirilishi ham mumkin.

 

Qoʻshma taʼlim dasturlariga kirish sinovlari qanday oʻtadi

Kirish imtihonlari 1 bosqichda oʻtkaziladi.

Mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun suhbat oʻtkaziladi va tanlangan o‘quv yo‘nalishlariga oid asosiy masalalar boʻyicha bilimlar tekshiriladi.

Imtihonlar oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo’shimcha eʻlon beriladi.