Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Zamonaviy jinoyat-huquqiy siyosat: natija va istiqbollar” mavzusida xalqaro talabalar forumi tashkil etilmoqda


Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti va “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan forumda Toshkent davlat yuridik universiteti, D.A. Kunayev nomidagi Yevroosiyo yuridik akademiyasi va M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti talabalari ishtirok etadi.

Yosh olimlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi jinoyat-huquqiy siyosatning dolzarb masalalariga e’tiborini jalb etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun yagona maydon yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan forum yakuni bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan.

Xalqaro anjuman 16-dekabr 15:00da TDYU 1-bino kengashlar xonasida bo‘lib o‘tadi.