Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi tomonidan D.A.Kunayev nomidagi Yevroosiyo yuridik akademiyasi hamda Akademik E.A.Buketov nomidagi Qaragʻanda universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro anjuman taniqli olim Muhammadjon Usmonaliyevning ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlandi.

Konferensiyada jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligi normalarini takomillashtirish masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligiga yangi institutlarni joriy etish bo‘yicha xalqaro standartlarni amalga oshirish muammolari va istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, anjuman davomida milliy va xorijiy ekspertlar mavzu yuzasidan fikr va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi.