Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Baxshillo Xodjaev xizmat safari bilan Italiyada bo‘lib turibdi.
Safar doirasida B.Xodjayev Roma Tre universiteti tashrif buyurib, mazkur muassasaning rahbariyati va professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2025-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan UNESCO bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyaga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida ma’lumot berildi.
Xorijiy hamkorlar tomonidan mazkur sessiyani oʻtkazishda hamkorlik qilish hamda madaniy merosni asrab-avaylash borasida Italiyaning tajribasini ham ulashish istagi bildirildi.
Load More Post...