Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Qishki ta’til joriy yilning 18-yanvarga qadar davom etadi

Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida, jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetida ham qishki taʼtil muddati 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Barcha ta’lim muassasalari, xususan, Toshkent davlat yuridik universitetida ham oʻquv mashgʻulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Ta’tildan so‘ng tashkil etiladigan yakuniy nazoratlar jadvali tez kunlarda taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun: talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 18-yanvariga qadar uzaytirildi. 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.