Shu munosabat bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYU rektori Rahimjon Hakimov, Gomel davlat universiteti rektori Sergey Xaxomov va universitetlarning ma’sul hodimlari ishtirok etdi.
Marosimda qayd etilganidek, universitetlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolangan mazkur hujjat mamlakatimizda yuridik ta’lim va fanni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.
Shartnomaga muvofiq, universitetlar o‘rtasida bir o‘quv yili davomida har ikkala tomondan 10 nafardan talaba va 3 nafardan professor-o‘qituvchining akademik almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etish, ilmiy maqolalar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni chop etish borasida hamkorlikda ish olib boriladi.
Ma’lumot uchun, Gomel davlat universiteti 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Belarus Respublikasidagi yirik ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biridir. Universitetda 7700 nafar talaba ta’lim oladi. GDUda 34 nafar professor, 46 nafar fan doktori, 213 nafar dosent, 223 nafar fan nomzodi faoliyat olib boradi. 2020-yil yanvarda “Webometrics” reytingida Belorus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 4-o‘rinni egallagan universitet dunyoning 28 ta davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Load More Post...