Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida sivilistika sohasi asoschilaridan biri, yuridik fanlar doktori, professor Omonboy Oqyulov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan bilimlar bellashuvi 2-bosqichda o‘tkaziladi:
1. Test;
2. "Case study".
Tanlovning birinchi bosqichi 5-fevral 10:00 dan 11:00 gacha quyidagi link orqali o‘tkaziladi: https://civil.uz/olimpiada
Test yakuniga ko‘ra, eng yaxshi natijalarni qayd etgan talabalar olimpiadaning keyingi bosqichiga o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda talabalar berilgan keysga individual tarzda kazuslarga qoʻyilgan talablar asosida javob tayyorlaydi va javoblarni ko‘rsatilgan manzilga yuklaydi. Mazkur bosqich 5-fevral 17:00 dan 22:00 gacha quyidagi link orqali o‘tkaziladi: https://civil.uz/kazus
Yakunda eng yaxshi natijani qayd etgan 3 nafar talaba diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun: mazkur olimpiadada nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichi talabalari ham ishtirok etishi mumkin.
Load More Post...