Ekspluatatsiya va taʼmirlash boshqarmasi
Bizning maqsadimiz:
Ekspluatatsiya va taʼmirlash boshqarmasi — Toshkent davlat yuridik universitetidagi ekspluatatsiya va taʼmirlash ishlarni olib borishni tashkil etuvchi boshqarma hisoblanadi.
O‘quv va talabalar turar joyi binolarida ekspluatatsiya va taʼmirlash ishlarini olib borish, joriy va kapital taʼmirlash, elektr taʼminoti hamda binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarini tashkil etish, shu orqali universitetimizda professor-o‘qituvchi, xodim va talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilganmiz.
2020 yilda TDYUU o‘quv binosi o‘quv xonalari va yo‘laklarida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
1-, 2- va 3-o‘quv binolarining isitish tizimlari zamonaviy fenkoyl va issiqlik almashtirgich (teploobmennik) uskunalariga hozirgi kuz-qish davrida, muntazam xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Universitetda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, tozalikni saqlash hamda o‘quv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash ishlari muntazam olib boriladi.
1- va 2-talabalar turar joyi binolari yo‘laklarida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi, sanuzel hamda yuvinish xonalar zamonaviy dizaynerlik asosida taʼmirlandi. Talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida 4 ta Grizzly 150 klo.lik kichik isitish qozonlari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, Talabalar turar joylari binolarida bahor yoz mavsumlarida talabalarga darsdan so‘ng maroqli dam olishlari uchun favvoralar tashkil etilgan, bino atroflariga zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.
O‘quv va talabalar turar joyi binolarida issiq va sovuq suv tizimlaridagi tugunlarni profilaktik taʼmirlash ishlari bajarilgan.
1- va 3-o‘quv hamda talabalar turar joyi binolarining tom bo‘g‘otini yonuvchi yog‘och qurilmalarini yonish xususiyatini pasaytirish uchun kimyoviy suyuqliklar bilan ishlov berildi va o‘rnatilgan tartibda yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tekshirilib, tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi.
Universitet binolaridagi barcha ichki va tashqi elektr tizimini (kabel, elektr simlari, shitlar) qarshilikka chidamlilik quvvati laboratoriya usulida sinovdan o‘tkazildi.
universitetda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini olib borish, tozalikni saqlash, o‘quv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
Universitetga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish, yo‘l varaqalari berish va avtotransport vositalaridan foydalanish hamda yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash.
Bizning xodimlarimiz:
Bozarov Ixtiyorjon Xakimovich – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi boshlig‘i
Niyozov Odil Abdruaxmonovich– Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Qurilish va ta'mirlash bo‘limi bosh muhandisi. Yuldashev Olimjon Chorshanbievich – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Elektr ta'minoti bo‘limi bosh energetigi. Alimov Shuxrat Gulyamjanovich – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi texnik-mexanigi. Salieva Muxtasarxon Begijonovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Qurilish va ta'mirlash bo‘limi muhandisi. Maxmudova Surayyo Abdumannopovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1-bino komendanti. Anvarova Nargiza Abduraximovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 2-bino komendanti. Muratova Sevara Baxtiyarovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 3-bino komendanti Bizning manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 105-xona. Murojaat uchun telefon: 71 233-66-36, ichki (1010, 1039). Elektron pochta: www.i.bozarov@tsul.uz |