Университет Образование Научно-инновационная деятельность
Международная деятельность Студенческая жизнь Прием 2023 SDG
Русский
Oʼzbekcha English
Network error!
Network error!

TDYU 1-kurs talabalariga ikki oylik ijara pullari to‘lab berilmayotgani haqidagi murojaatga MUNOSABAT

28-oktabr kuni “Отабек Артиков” nomi bilan faoliyat yuritayotgan telegram kanalida Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabalariga sentabr va oktabr uchun ijara puli to‘lab berilmayotgani haqida post e’lon qilingan edi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Birinchidan, talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 223-son yig‘ilish bayonida ijara to‘lovlari aynan talabalar safiga qabul qilingan 1-kurs talabalariga to‘lab berilishi ko‘rsatilgan.

Biroq oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirilgan va universitetda to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilganlar aksariyatida talabalar safiga qabul qilinish uchun zarur bo‘lgan shartnoma to‘lovi minimal miqdori to‘lanmaganligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgani sababli ularni talabalar safiga qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmagan.

Shu tufayli talabalar safiga qabul qilinmagan shaxslarga ijara pullarini to‘lab berish bo‘yicha hech qanday huquqiy asos mavjud bo‘lmagan.

Ikkinchidan, universitetda davlat granti asosida ta’lim olayotgan va Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari safiga qabul qilingan 66 nafar talabaning ijara kompensatsiyasi va to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha qilgan murojaatlari maxsus komissiya tomonidan o‘rganilib, ularga to‘lovlarni to‘lab berish to‘g‘risida TDYU rektorining “Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga ijarato‘lovlarini to‘lab berish masalasida”gi 341-um-son buyrug‘i qabul qilingan.

Uchinchidan, universitet rahbariyati tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qiladigan talabalarning yashash sharoitlari doimiy tahlil qilib boriladi. Ularning yashash sharoitlari xonadonlarning ahvoli bo‘yicha shartli ravishda yashil, sariq va qizil hududlar toifalariga bo‘linib, qizil toifadagi xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarni Talabalar turar joylari (shu jumladan, Index majmuasi)ga yoki yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan boshqa xonadonlarga ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, chekka hududlardan kelib talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan hamda boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan talabalar TTJ to‘lovidan ozod etilmoqda. Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 91 nafar talaba mazkur imtiyoz asosida TTJ to‘lovidan toʻliq va qisman ozod etilgan.