Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti, “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi hamda TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Turkiyaning nufuzli Anqara Yildirim Boyazid universiteti va TDYU professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, olimlar va talabalar ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, davra suhbati davomida “Ilm va axloq uyg‘unligi (Ashobi Suffa ilmiy markazi misolida”, “Barkamol shaxs tarbiyasida diniy ma’rifatning o‘rni”, “XXI asr yoshlarining ilmga munosabati qanday bo‘lishi lozim?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida O‘zbekiston yoshlarini sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashning innovatsion mexanizm va texnologiyalari” kabi mavzularda ma'ruzalar tinglanib, mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar