Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat va fuqaro muhofazasi bo‘limi tashabbusi bilan universitetning Olmazor tumanida joylashgan Talabalar turar joylarida o‘tkazilgan tadbirda prorektorlar Ahror Hoshimxonov va Azizullo Iminov, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Olmazor tumani boshqarmasi mutaxassislari hamda Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalarga fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorlash, bunday vaziyatlarda harakatlanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar o‘t o‘chirish mashinasining texnik imkoniyatlari bilan tanishtirildi.