Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari advokatura sohasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Toshkent shahridagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “Advokaturaning rivojlanish istiqbollari: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy boshqarmasi, Yuridik mutaxassislar uchun inson huquqlari bo‘yicha Yevropa ta’lim dasturi (HELP) hamkorligida tashkil etildi.

Advokatura institutini mustahkamlash, uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, xorijiy mamlakatlar advokatlik hamjamiyati vakillari bilan tajriba almashish, raqamlashtirish davrida advokatlik faoliyatining istiqbollari to‘g‘risida xorijiy va milliy ekspert guruhlarining fikrlarini tahlil qilish, bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim izlash, advokatlarning malakasini oshirish va tadbirkorlik subyektlariga hamda investisiya faoliyatida malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini tahlil qilish va amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr va tajriba almashish maqsadida o‘tkazilgan konferensiyada TDYU “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi mudiri Valisher Davlyatov, kafedra professori Jasur Ne'matov va kafedra dotsent vazifasini bajaruvchilari Dilshodbek Nurumov, Alibek Matmurotov, kafedra katta o'qituvchisi Jamshid Turdaliyev, “Jinoyat protsessual huquqi” kafedrasi professori Gulchehra To‘laganova ishtirok etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar