Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda ilk marta “Uchqun” talabalar motivatsion forumi o‘tkaziladi

Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan forum 17-noyabr 10:00 da TDYU 3-bino Axborot-resurs markazida boshlanadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi mudiri Gulnora Nosirxo‘jayeva va kafedra o‘qituvchisi Jahongir Haydarov tashabbusi bilan tashkil etilayotgan anjumanda volontyor-talabalarning motivatsion taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, forum davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga volotyor-talabalardan javob olishi mumkin.

“Talabalar festivali” doirasida TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘quv-uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan forumda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar