Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Jean-Picket” xalqaro musobaqasida ishtirok etuvchi TDYU jamoasiga qabul boshlandi

Ingliz va fransuz tillarida 42-marta tashkil etilayotgan “Jean-Pictet” xalqaro musobaqasi 2024-yilning 25-fevralidan 3-martiga qadar Belgiyaning Breden shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning saralash bosqichida ishtirok etish uchun talabalar 30 yoshdan kichik bo‘lishi, xalqaro ommaviy huquq bo‘yicha bilimlarga hamda ingliz tili yoki fransuz tilida ravon gapira olish va yozish malakasiga ega bo‘lishi, shuningdek, ilgari ushbu tanlovda ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.

Xalqaro tanlovda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan TDYU talabalari 28-sentabrga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/9bihjFaC5eq1oeSu9

Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun @jeanpictetuz Telegram manzili orqali guruhga qo‘shiling.

Ma’lumot uchun: TDYU jamoasi ilk marta 2022-yilning 3–10-sentabr kunlari Indoneziyaning Denpasar shahrida o‘tkazilgan “Jean-Picket” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan edi. Hozirda ushbu jamoa a’zolari AQSh va Slovakiyada o‘qishni davom ettirmoqda.