Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Muhammadamin Karimjonov Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan mehnat qonunchiligi bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkilotlarda mehnat qonunchiligi bo'yicha seminarlar tashkil etildi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida tashkil etilgan seminarda tashkilotning kadrlar bo‘limi xodimlari va buxgalterlar ishtirok etdi.

Mazkur seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov ishtirok etib, xodimlarga mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlar, mehnat huquqlari hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini haqida ma’lumot berdi.