TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Xususiy huquq” fakulteti talabalari uchun “Xalqaro investitsiyalarni ko‘ptomonlama kafolatlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotni “Apex life insurance” sug‘urta kompaniyasi bosh mutaxassislari Azizjon Mahkamov va Shaxzoda Xabibullayeva olib bordi.
Mahorat darsida Investitsiyalarni kafolatlash to‘g‘risida ko‘p tomonlama Agentlik (MIGA) faoliyati xususida ma’lumot berildi.
TDYUning “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurash” va “Jinoyat protsessual huquqi” kafedralari tomonidan D.A.Kunaev nomidagi Yevroosiyo yuridik akademiyasi bilan hamkorlikda “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.
Anjumanda jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, jinoyat protsessida inson huquqlarini himoya qilishning protsessual kafolatlarini ta'minlashning dolzarb tendensiyalari, jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish muammolari va istiqbollari, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi islohotlar va sohadagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
TDYU “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan sayyor dars tashkil etildi.
“Xususiy huquq” fakulteti talabalari ishtirok etgan mashg‘ulotni Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Qosim Avezov olib bordi.
Mahorat darsi davomida talabalar mualliflik huquqi va tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarning buzilish natijasida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan nizoni protsessual qonun normalariga muvofiq tarzda hal etishni muhokama qildi.
TDYUda “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Farxod Fazilovning “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning jinoiy-huquqiy va kriminologik jihatlari” (ingliz tilida) nomli monografiyaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Muallif ishtirokchilarga nima uchun ushbu huquq sohasida tadqiqotlarni boshlagani, tadqiqot natijalari qanday bo‘lgani xususida so‘zlab berdi. Shu bilan birga ingliz tilida monografiya yozish xususiyatlari, ilmiy nashrlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berdi.
TDYUda “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish va sud ishlarini yuritishni soddalashtirish: iqtisodiy va fuqarolik sudlari faoliyati misolida” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent shahar prokuraturasi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida o‘tkazilgan anjumanda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual qonunchilikdagi, sud amaliyotidagi muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
TDYU “Xususiy huquq” fakulteti talabasi Sitora Odilova Rossiya davlat odil sudlov universiteti tomonidan tashkil etilgan “25 лет действия Семейного кодекса Российской Федерации: проблемы законодательства и правоприменения” mavzusidagi xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.
TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Gulchehra To‘laganovaning Ilmiy maktabi hamda kafedraning Legal Protector ilmiy to‘garagi doirasida sayyor sud protsessi tashkil etildi.
“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari va viloyatlarda joylashgan yuridik texnikum talabalari ishtirok etgan sud protsessida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudining raisi Tolibjon Obidov tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bo‘yicha sudlanuvchi aybli deb topilib, sud tomonidan ayblov huqmi chiqarildi.
Muhokama jarayonida Yakkasaroy tuman prokurori Nilufar Allaberganova davlat ayblovini qo‘llab-quvvatladi.
TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Muhammad Ali Turdialiyev tashabbusi bilan “Xalqaro xususiy huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti talabalari uchun “Alternative dispute resolution methods” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotni O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tashkent International Arbitration Center sekretariat a’zosi Nodir Malikov olib bordi.
Mahorat darsida Tashkent International Arbitration Center faoliyati va yaqin istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi.
Nagoya universiteti sobiq vitse-prezidenti professor Xadzime Vada "Mehnat huquqi" bo‘yicha masofaviy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.