21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan akademik mobillik dasturi doirasida Polshada tahsil olayotgan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda barcha talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Bayram tadbiri davomida universitetimiz talabalari tomonidan o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, ishtirokchilarga tarqatildi.
Shuningdek, tadbir doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Oʻzbekona kuy-qo‘shiqlar va raqslar, o‘zbek milliy o‘yinlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.