21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida atoqli o‘zbek adiblari, jadidlar va buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan lavhalar namoyish etildi, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan parchalar o‘qildi, turli kuy-qo‘shiq aytilib, raqslar ijro etildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilarining o‘zbek tiliga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Kahoot programmasi orqali onlayn viktorina tashkil etildi va g‘oliblar aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.