Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Bo‘lajak notariuslar klubi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov, O‘zbekiston Notarial palata raisi Dilshod Ashurov hamda ikki muassasaning mutasaddilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda TDYU va O‘zbekiston Notarial palatasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilgan “Bo‘lajak notariuslar klubi”ning vazifalari, unga a’zo bo‘lish tartibi va klub a’zolari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng klub a’zolarining fikrlari tinglandi.

Talabalar tomonidan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga yordamchi bo‘lib ishlash, notarial harakatlarni elektron tizimda amalga oshirishni o‘rganib borishni universitet davridayoq boshlash takliflari bildirildi.

Klub a’zolarining taklif va mulohazalari mutasaddilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, kelgusida ularni amalga oshirishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar