Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU 2–4-kurs talabalari uchun asosiy fanlar bo‘yicha ma’ruza va seminar o‘qituvchilarini tanlash 11-sentabr 12:00 ga qadar o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2–4-kurslar uchun 2022/2023-o‘quv yili kuzgi semestrida dars mashg‘ulotlari o‘tiladigan asosiy fanlar bo‘yicha ma’ruza va seminar o‘qituvchilarini tanlash 9-sentabr 12:00 dan 11-sentabr 12:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Ushbu muddat davomida ma’ruza va seminar o‘qituvchilarini tanlashni amalga oshirmagan talabalar avtomatik ravishda elektron tizim tomonidan taqsimlanadi.

Shuningdek, kuzgi semestrda dars mashg‘ulotlari o‘tiladigan tanlov fanlarini tanlash 9-sentabr 12:00 dan 10-sentabr 9:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Belgilangan muddatlardan tanlov fanlarini tanlamagan talabalar uchun fanlar avtomatik ravishda elektron tizim tomonidan taqsimlanadi.

Tanlov fanlar bo‘yicha ma’ruza va seminar o‘qituvchilarni tanlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Asosiy fanlar bo‘yicha ma’ruza va seminar o‘qituvchilari hamda tanlov fanlarini tanlash digital.tsul.uzplatformasi orqali amalga oshiriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar