Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Treningni huquqiy fanlarni o‘qitish metodikalari va andragogika bo‘yicha xalqaro mutaxassis Kseniya Rijkova olib bormoqda

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan treninglar haftaligi o‘tkazilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan trening huquqiy fanlarni o‘qitish metodikalari va andragogika bo‘yicha xalqaro mutaxassis, huquqshunos, huquqshunosning kasbiy mahorati, kasbiy va shaxsiy rivojlanish sohasi bo‘yicha trener Kseniya Rijkova tomonidan olib borilmoqda.

Trening davomida kompetensiyalarni rivojlantirishda murabbiyning roli, trenerlikni rivojlantirish, murabbiylik psixologiyasi, o‘quv jarayonining geymifikatsiyasi, keyslar tahlili, teskari aloqa va baholash va boshqa masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Treningning 1-seksiyasi 9-sentabrga qadar davom etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar