Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti tomonidan “Suveren Qozog‘istonning Konstitutsiyaviy-huquqiy rivojlanishi: nazariya, amaliyot, rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ishtirokchilar, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti, davlat organlari va biznes doiralari vakillari, huquqshunos olimlar, taniqli jamoat va davlat arboblari qatnashdi.

Konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Xususan, anjumanda Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilfuza Abdullayeva “O‘zbekistonda insonlarning mehnatga oid huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari: yutuqlar va chaqiriqlar” mavzusida,  kafedra dotsenti v.b., yuridik fanlar doktori Roza Azxodjayeva “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida konstitutsiyaning ahamiyati va roli” mavzusida ma’ruza qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar