Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani Atabek Babadjanov, Ommaviy huquq fakulteti dekani Shaxzod Saydullayev, Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri o‘rinbosari Xayitjon Turdiyev Italiya Respublikasining Roma-tre universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Italiya ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari va oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etilib, muzokaralar oʻtkazildi.
Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha dastur loyihasi va magistraturada qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning akademik almashinuvni kengaytirish, Roma-Tre universiteti mutaxassislarini TDYUning ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlariga jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasida turli axborot va o‘quv adabiyotlarini almashish uchun sharoit yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.