Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti v.b. Feruza Miruktamova Latviya Respublikasining Riga oliy huquq maktabida “Yevropa huquqi va iqtisodiyoti” dasturi doirasida grant asosida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.
Mazkur dastur Latviya Tashqi ishlar vazirligi va AQSH Departamenti ko‘magida tashkil etilib, Yevropa Ittifoqining huquqiy, iqtisodiy va siyosiy faoliyatiga oid keng qamrovli o‘qishlarni o‘z ichiga oladi.
Stajirovka doirasida Feruza Miruktamova Yevropa Ittifoqining integratsiya jarayonlarini, mintaqada huquq ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlarini ta’minlashga doir huquqiy islohotlar borasida Yevropa tajribasini chuqur o‘rganmoqda.
Bundan tashqari, ilmiy stajirovka davomida professor-o‘qituvchilar va xalqaro ekspertlar o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.