Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ushbu hamkorlik doirasida TDYU Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitetimiz vakillari mazkur oliy ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari, birgalikda o‘tkaziladigan ilmiy va o‘quv tadbirlarini muhokama qildi.
Shuningdek, ular tomonidan mezbon universitet talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tib berildi.
Bundan tashqari, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida TDYU professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Advokatura instituti: Qozog‘iston va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi. Ilmiy seminarda advokatura institutining rivojlanishiga doir ikki davlatning tajribasi, yutuqlari muhokama qilindi.