Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xurshid Mahmudov va Sohib Rajabboyev Mikolas Romeris universitetida stajirovka o‘tadi

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual kafedrasi o‘qituvchisi Xurshid Mahmudov va O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sohib Rajabboyev Litvaning Mikolas Romeris universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetimiz vakillari Mikolas Romeris universiteti Huquq maktabi dekani, professor Lira Jakulevisine, Xalqaro aloqalar va o‘quv masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jolanta Apolevich, Xususiy huquq instituti direktori, professor, Dr. Virginijus Bite, akademik mobillik koordinatori Dovile Gailiute-Jausone bilan uchrashib, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, TDYU vakillari mazkur oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar