Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Adliya vaziri TDYU 1-kurs talabalari bilan uchrashdi

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov va talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda vazir talabalarga shaxsiy tajribalari, hayot yo‘li va faoliyati, kasbiy faoliyatida duch kelgan turli bosqichlar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar Adliya vaziridan sohaviy va shaxsiy rivojlanishga oid savollarga javob oldi.

Uchrashuv yakunida eng yaxshi savol mualliflariga Adliya vazirligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universitetida doimiy ravishda huquqshunoslik sohasining yetakchi mutaxassislari va talabalar uchrashuvi tashkil etiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar